Rodri - "Oltin to‘p" egasi

  • 29.10.2024 06:29
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"France Football" "Oltin to‘p" egasini ma’lum qildi. Eng ko‘p ovozni "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Rodri yig‘di. 

Yarim himoyachi Vinisius Junior, Jud Bellingem va Dani Karvaxalni ortda qoldirib, mazkur sovringa ega chiqdi. 

Eslatib o‘tamiz, Rodri Ispaniya bilan "Evro", shuningdek, "Manchester Siti" safida APLni yutgandi. Qayd etish joiz, u o‘tgan mavsum 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!