Rodrining "Barsa"dagi maoshi ma'lum bo'ldi
Kataloniyaliklar juda yaxshi pul toʻlaydi
«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini oʻz safiga qoʻshib olish arafasida turibdi.
AS nashri xabariga koʻra, kataloniyaliklar ispaniyalik futbolchining transferi boʻyicha deyarli kelishuvga erishgan. Manba maʼlumoticha, kelishuv qiymati taxminan 60 million evroni tashkil etadi.
Rodri «Barselona» bilan toʻrt yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda, uning yillik maoshi esa soliqlardan oldin taxminan 30 million evro atrofida boʻladi.
Avvalroq yozilganidek, yozgi musobaqalarda Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni boʻlgan Rodri Madriddning «Real» klubi taklifini rad etgan va oʻz tanlovini «Barselona» foydasiga qilgan.
OAV maʼlumotlariga koʻra, Ispaniya terma jamoasidagi jamoadoshlari ham uni aynan kataloniyaliklar safiga oʻtishga koʻndirgan.

Izohlar (0)