Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Romano: "Barsa" Kanseluni qaytarishga yaqin

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Tomonlar deyarli kelishishdi

"Barselona" Joau Kanselu transferini amalga oshirishga yaqin turibdi. 

Fabrizio Romano xabar berishicha, Kataloniya klubi himoyachini ijaraga oladi va maoshining bir qismini to‘lab beradi. Kanselu bilan kelishishda muammo bo‘lmaydi. Sababi, uning o‘zi qaytishni xohlamoqda. 

"Inter" "Al-Hilol" bilan kelishuvga erishgandi. Ammo futbolchi Ispaniya yo‘l olishni istadi. Riyodliklar esa "Barselona" yuborgan taklifni qabul qilishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Kanselu 2023/24 yildgi mavsumni "ko‘k-anorranglilar" safida o‘tkazgandi. Shundan keyin uni "Al-Hilol" "Manchester Siti"dan 25 million yevroga sotib olgan. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q