
Romano: Lyaport "An-Nasr" futbolchisi
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo‘ldi. Uni "An-Nasr" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erishib bo‘ldi. Ushbu transferdan "shaharliklar" 30 million evro ishlab oladi. Ispaniyalik futbolchi esa riyodliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Unga ko‘ra, Lyaport yiliga 20 million evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Emerik 2018 yili 65 million evro evaziga "Atletik"dan "Manchester Siti"ga kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar