Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ronaldur ishtirokida «Hamma yomon ko‘radi» seriali ishlanmoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Krishtianu Ronaldu ishtirokida sportdagi xeyt va nafrat mavzusiga bag‘ishlangan «Hamma yomon ko‘radi» hujjatli seriali suratga olinmoqda.

Krishtianu Ronalduni ishtirokida yangi hujjatli serial ishlanmoqda. Loyiha «Hamma yomon ko‘radi» («Everybody Hates») deb nomlanishi kutilmoqda.

Nashr Variety xabar berishicha, serial sport olamidagi xeyt va nafrat mavzusiga bag‘ishlanadi. Loyiha doirasida tarixda eng ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan sportchilar haqida so‘z yuritiladi.

Har bir qism alohida bir sportchiga bag‘ishlanadi. Tomoshabinlar butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar tomonidan bir vaqtning o‘zida ham yaxshi ko‘riladigan, ham keskin tanqid qilinadigan mashhur shaxslar taqdiri bilan tanishadilar.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q