Ronaldу superrekordi haqida nimalar dedi?

  • 29.08.2026 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni «At-Taavun» ustidan qozonilgan yutuq (2:1)dan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.

41 yoshli portugalialik yulduzning 50-daqiqada urgan goli joriy chempionlar uchun hal qiluvchi bo‘ldi. Shu bilan Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida «An-Nasr» tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida klub rekordini yangiladi – uning hisobida endilikda 104 ta gol bor.

Bundan tashqari, Ronaldu faoliyati davomidagi gollari sonini 978 taga yetkazib, o‘zining superrekordini yana yangiladi.

«Juda-juda xursandman, – dedi forvard o‘z rekordi haqida gapirar ekan. – Bu juda katta yutuq, lekin bu faqat mening xizmatim emas. Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman, chunki ularsiz bu natijaga erishishning iloji yo‘q edi. Shuningdek, muxlislarimizdan ham minnatdorman – ular doim menga yordam beradi, qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa men uchun faxr manbai. Rahmat», – deya Ronalduning so‘zlarini Al Nassr Zone keltiradi.

«An-Nasr» Saudiya ligasi jadvalida hozircha birorta ochko yo‘qotmagan yagona jamoa sifatida peshqadamlik qilmoqda – to‘rt turdan so‘ng klub hisobida 12 ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!