Ronaldo JCh-2026 da Krishtianu Ronaldo oʻyinini baholadi
Braziliya terma jamoasining sobiq yulduz hujumchisi Ronaldo jurnalistlar bilan suhbatda 2026 yildgi jahon chempionatida Portugaliya forvardi Krishtianu Ronalduning o‘yini haqida fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Krishtianu hozircha Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p surishga qodir, ammo jahon chempionati darajasi mutlaqo boshqacha. Ronaldo ta’kidlashicha, futbolga bo‘lgan katta muhabbatga qaramay, oxir-oqibat barchasini futbolchining jismoniy holati hal qiladi.
«Men hozir futbol o‘ynamayman. Aqlim hali ham maydonda bo‘lishni istaydi, lekin tanam buni ko‘tara olmaydi», — dedi Ronaldo.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldo boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatida 1/8 finalgacha yetib bordi. Roberto Martines shogirdlari ushbu bosqichda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 41 yoshli Krishtianu musobaqa davomida besh o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi.

Fikrlar