Ronaldу, Messi, Mbappe va Vinisius birlashdi
Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Zhunior 2026 yilgı bo‘lajak jahon chempionatiga bag‘ishlangan noodatiy LEGO reklama roligida ishtirok etdi. Video bir vaqtning o‘zida bir nechta jahon futbolining yulduzlarini birlashtirish va ularni odatiy bo‘lmagan o‘yin vaziyatida ko‘rsatish uchun yaratilgan.
Rolikda to‘rt futbolchi avval konstruktorni yig‘ib, jahon kubogining aniq miniatyura nusxasini yaratadi. U tayyor bo‘lgach, har bir o‘yinchi unga o‘z figurasini o‘rnatishga harakat qiladi.
Bu oson bo‘lmaydi — kubok turgan stol aylanib turadi va hatto top-futbolchilar ham kulgili qiyinchiliklarga duch kelishadi. Rolik shuni ko‘rsatadiki, hatto afsonaviy sportchilar ham kulgili vaziyatlarga tushib qolishlari mumkin, bu esa sahnani bir vaqtning o‘zida ham tomoshabop, ham hazilomuz qiladi.
2026 yilgı jahon chempionati bir vaqtning o‘zida uch mamlakat — AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi va 11 iyunda start oladi. Turnir favoritlari sifatida tahlilchilar Portugaliya, Argentina, Frantsiya va Braziliya terma jamoalarini ajratib ko‘rsatmoqda. Amaldagi jahon chempionlari argentinaliklar bo‘lib qolmoqda, ular avvalgi turnirda g‘alaba qozonib, yangi chempionatda unvonni himoya qiladi.
Ronuldu, Messi, Mbappe va Vinisius ishtirok etgan LEGO reklamaсi jahon turniri oldidan kayfiyatni belgilab berayotgan ilk roliklardan biriga aylandi va allaqachon butun dunyo bo‘ylab muxlislar e’tiborini jalb qildi. Tomoshabinlar hazil va sport raqobatining noodatiy uyg‘unligini qayd etishdi, bu esa rolikni nafaqat bolalar, balki katta yoshli futbol muxlislari uchun ham qiziqarli qiladi.
Fikrlar