Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldу nazoratga olindi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

“An-Nasr” bayonot berdi

Saudiya Arabistoni chempionatida Krishtianu Ronaldu yordamida musobaqa peshqadamiga aylangan va chempionlik uchun kurashayotgan “An-nasr” portugalik yulduz bo‘yicha ma’lumot berdi.

Klub matbuot xizmati  ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali 41 yoshli hujumchi va jamoa sardori Krishtianu Ronalduda jarohat borligini bildirdi.

- Krishtianu Ronalduda “Al-Feyha”ga qarshi so‘nggi o‘yindan keyin sonorti payi jarohati aniqlandi. U reabilitatsiya dasturiga kirdi va har kuni nazorat ostida bo‘ladi, - deyiladi klub bayonotida.

Saudiya Arabistoni Pro-Ligasining 24-turida “Al-Feyha”ga qarshi bahsda “An-Nasr” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Ronaldu 81 daqiqa maydonda harakat qildi. 11-daqiqada portugalik hujumchi penalti dan gol ura olmadi.

Joriy chempionatda Ronaldu 22 ta o‘yinda 21 ta gol urgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q