Ronaldу qaerda? (Yangi ma'lumot)

  • 04.03.2026 13:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Eron tomonidanu yushtirilgan harbiy harakatlardan keyin Krishtianu Ronalduga tegishli xususiy samolyot Saudiya Arabistonini tark etib, Madridga uchgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Ayrim manbalar Ronaldu ham Riyod shahrini tark etganini yozdi. Biroq bu ma’lumotga teskari tarzda 41 yoshli futbolchi shaharda qolgani haqida ham axborotlar tarqalyapti.

Bu masalaga taniqli insayder Fabrizio Romano oyidlik kiritdi. Italyalik jurnalist Krishtianu Ronaldu oilasi bilan Saudiya Arabistonini tark etgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

- Xalqaro ommaviy axborot vositalarida Krishtianu Ronaldu oilasi bilan Saudiya Arabistonini tark etgani haqida xabarlar keng tarqalmoqda.

Bu feyk xabar, chunki Krishtianu hozir “An-Nasr” mashg‘ulot bazasida so‘nggi o‘yindagi muammolardan so‘ng davolanish jarayonini o‘tamoqda.

Krishtianu Madridga qaytish uchun Saudiya Arabistonini tark etgani yo‘q, - deb yozdi  Romano X ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning “qochib ketgani” haqidagi xabarlardan so‘ng “An-Nasr”  uning baza hududidagi suratini e’lon qildi va jarohati tafsilotlarini oshkor etdi. Ma’lum bo‘lishicha, pportugaliyalik yulduz sonorti payidan jarohat olgan va reabilitatsiya dasturidan o‘tishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!