Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldu "Real Madrid"ni tabrikladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Klub afsonasidan tabrik!

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sobiq klubi "Real Madrid"ni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Bugun, 6-mart kuni, "Qirollik klubi" o‘zining 123 yilligini nishonlamoqda.

"123 yil Madridning "Real" klubiga! Barcha madridistlarni tabriklayman! Olg‘a, Madrid!" – deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi 2009 yildan 2018 yilgacha "Real" safida o‘ynagan. Ushbu davr mobaynida u barcha turnirlarda 438 ta o‘yinda maydonga tushib, 450 ta gol urgan va 131 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2023 yil boshidan buyon 40 yoshli Ronaldu "An-Nasr" klubida to‘p surmoqda. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi ushbu yozda yakunlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q