"Ronaldudan ko‘p gol uraman!"

  • 31.10.2024 09:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi hujumchisi Ayvan Touni "An-Nasr" futbolchisi Krishtianu Ronaldudan ko‘proq gol ura oladimi, degan savolga javob berdi.

Tecno

“Umid qilamanki, ko‘proq gol uraman. Lekin rostini aytsam, men o‘zim bilan o‘zim raqobatlashaman, boshqalar bilan ishim yo‘q. Albatta, biz Ronaldu eng yaxshi futbolchi ekanligini bilamiz, lekin men bor e’tiborimni o‘zimga qarataman va qo‘limdan kelganicha harakat qilaman”, — dedi Touni Talk Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Toni joriy mavsum boshidan buyon “Al-Ahli” safida to‘p surib kelmoqda. Hujumchi hozircha 10ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha imzolangan.

Ayni damda Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarlar jadvalida "Al-Hilol" klubi forvardi Aleksandr Mitrovich 10  ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda "Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema (8 ta gol) va uchinchi o‘rinda "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu (6 ta gol) bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!