Ronaldudan noxush xabar
Saudiya Arabistoni chempionligi uchun kurashayotgan “An-Nasr” klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduning jarohati haqida fikr bildirdi.
41 yoshli futbolchi bu jarohatni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 24-turida “Al-Feyha”ga qarshi o‘yinda (3:1) olgan.
- Oxirgi o‘yinda Ronaldo mushakdagi og‘riq sabab maydonni tark etdi. Tekshiruvdan keyin jarohat kutilgandan jiddiyroq ekani aniqlandi va tiklanish uchun vaqt talab qilinadi, - dedi Jezush.
Bosh murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldo davolanish uchun Ispaniya poytaxti Madrid shahriga yo‘l olgan.
Murabbiy jamoa uning tezroq maydonga qaytishiga umid qilayotganini aytdi.
Joriy mavsumda Ronaldo 26 ta o‘yinda 22 ta gol urib, 4 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar