Ronalduga Evropaga ketishni aytishdi
“An-Nasr” muxlislari jamoaning Saudiya Arabistoni Superkubogida “Al-Hilol”ga 1:4 hisobida engilganini jua og‘ir qabul qildi.
Riyodliklarning yagona golini urgan Krishtianu Ronaldu uchrashuvdan keyin jamoadoshlariga o‘z e’tirozlarini bildirgan edi.
Muxlislar ham Ronalduning fikriga qo‘shilmoqda. “An-Nasr”ning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifasida futbol ishqibozlarining “Bu “An-Nasr” Ronalduga munosib emas”, “Ronaldu, sendan iltimos, boshqa klubga o‘t”, “Krishtianu, Evropaga qaytganing ma’qul, bu erda baribir seni tushunmayapti”, “Ronaldu, Leverkuzenga ket, u erda yaxshi jamoa bor” qabilidagi izohlari ko‘paymoqda.
39 yoshli to‘purarning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha davom etadi. “An-Nasr” har mavsum uchun portugaliyalik yulduzga 200 million evro mablag‘ to‘lamoqda. Bundan tashqari, Ronalduga klub bilan shartnoma tuzgani uchun 100 million evro bonus ham berilgan.



Fikrlar