Ronalduga yangi taklif

  • 30 may, 2024, 21:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” jamoasiga kelib qo‘shilishi Saudiya Arabistoni futbolining rivojlanishi katta turtki bo‘ldi.

Tecno

39 yoshli yulduz Saudiya Arabistoniga kelganidan beri to‘purarlik bo‘yicha bir necha rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

“An-Nasr” rahbariyati kelishuvga ko‘ra, Ronalduga har mavsum uchun 200 million evro to‘lamoqda. Jahon sportida Krishtianu Ronaldu eng ko‘p daromad topayotgan sportchi bo‘lib turibdi.

Endi klub xo‘jayinlari portugaliyalik yulduzga yangi taklif bilan chiqyapti. Unga ko‘ra, 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomani yana bir yilga uzaytirishmoqchi.

Agar Ronaldu bu taklifni qabul qilsa, bitim yana bir yilga uzaytiriladi va maosh oshadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ronalduning o‘zi 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etib, undan faoliyatini 41 yoshida yakunlashni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!