
Ronalduning “An-Nasr”i kuchlimi yoki Messining “Inter Mayami”si?
Opta statistika portali ekspertlari jahonning eng kuchli klublari reytingini tuzib chiqdi.
Ko‘pchilikning e’tiborini bir necha yildan beri o‘zaro raqobatlashib kelayotgan yulduzlar – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining ayni paytda o‘ynayotgan jamoalarining reytingi qiziqtirib qo‘ydi.
Evropani tark etgan bu ikki mashhur yulduz Osiyo va Amerika qit’asida futbolni rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda.
Opta mutaxassislari Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasi AQShning “Inter Mayami” klubidan ustun ekanini qayd etgan.
Ronaldu to‘p tepayotgan jamoa umumiy reytingda 92-pog‘onada joylashgan. Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami”ni ekspertlar reytingning 98-pog‘onasiga joyladi.
Fikrlar