Ronalduning “dahshatli” rekordi tatimayapti
Saudiya Arabistoni Professional ligasining 5-turida “Al-Hilol” futbolchilari o‘z maydonidagi uchrashuvda Krishtianu Ronalduni boshchiligidagi “An-Nasr” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yinda hisobni Krishtianu Ronaldo ochgan bo‘lsa-da, mezbonlar tanaffusdan keyin uchta to‘p kiritib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirib yubordi.
40 yoshli portugalialik yulduz kiritgan to‘p uning professional faoliyatidagi 959-gol bo‘ldi va bu yana yangi rekord sifatida qayd etildi. Biroq bu rekord Ronalduga tatimadi. Chunki u yana chempionlik unvonidan quruq qolishi mumkin.
“Al-Hilol” bu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 38 taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchi hisoblangan “An-Nasr”dan yetti ochkoga o‘zib ketdi.
Fikrlar