Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronalduning jahon chempionatlaridagi statistikasi e’lon qilindi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Krishtianuning maydonda eng katta armoni qoldi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni jahon chempionatlaridagi faoliyatini yakunladi. Uning mundiallarda qayd etgan ko‘rsatkichlari jamlandi.

Krishtianu Ronalduning jahon chempionatlaridagi ko‘rsatkichlari:

O‘yinlar – 27

Gollar – 11

Golli uzatmalar – 2

Sariq kartochkalar – 4

2026 yildagi jahon chempionatining 1/8 finalida Ronalduning yetakchiligidagi Portugaliya futbolchilari Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Uchrashuvdan so‘ng Ronaldo bu uning karerasidagi so‘nggi jahon chempionati bo‘lganini ma’lum qildi. Shu tariqa, Ronaldo futbolchi sifatida jahon chempioni unvonini qo‘lga kirita olmaydi.

2026 yildagi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q