
Ronalduning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda
Krishtianu Ronalduning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Portugaliyalik hujumchi faqat "An-Nasr" jamoasi tarkibini mamlakat chempionligi uchun kurashish darajasigacha kuchaytirish kafolatini olgan taqdirdagina ushbu klubda qolishga tayyorligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
"An-Nasr" yakuniga etgan mavsumni uchinchi o‘rinda yakunlab, Saudiya Arabistoni chempioni "Al-Ittihod"dan 13 ochko ortda qoldi. Shu bilan birga, "TEAMtalk" nashrining xabar berishicha, 40 yoshli Ronaldu boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Bular orasida Saudiya Arabistonining boshqa klubiga o‘tish yoki boshqa mamlakat jamoasiga, jumladan, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmaydigan jamoaga o‘tish ehtimoli ham bor.
Manbaning ta’kidlashicha, Ronalduning kutilmaganda faoliyatini yakunlash ehtimoli ham istisno qilinmaydi. Futbolchining o‘zi 2026 yilgi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi safida ishtirok etishni afzal ko‘radi.
Fikrlar