Runi Salohning “po‘stagini qoqdi”

  • 07.10.2025 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya futboli afsonalaridan hisoblangan Ueyn Runi Premer-liganing amaldagi g‘olibi “Liverpul” etakchisi Muhammad Salohni keskin tanqid qildi.

- O‘yinlar shuni ko‘rsatyaptiki, agar jamoaning ishlari yaxshi ketayotgan bo‘lsa, Muhammad Saloh gol uryapti, g‘alaba qo‘lga kiritilayotgani ajoyib tarzda nishonlayapti. Lekin oxirgi hafta men uning o‘yinga to‘liq o‘zini bag‘ishlayotganiga shubhalanib qoldim.

Men Saloh har doim ham himoyaga yordam bermasligini yaxshi bilaman. Ammo “Chelsi”ga qarshi bahsda himoyaning chap qanotidagi jamoadoshi qiynalayotganini ko‘rib ham, Saloh bu vaziyatni shunchaki kuzatib turdi va unga ko‘maklashmadi. Men uchun bu juda xavotirli holat.

Virjil van Deyk hamda Alison Beker kabi jamoa etakchilari unga “Sen ham yordam berishing shart”, deb ochiq aytishlari kerak. Keyingi paytda chempion jamoa o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek tuyulmoqda, - dedi Ueyn Runi.

Muhammad Saloh yangi mavsumda barcha turnirlarda o‘nta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga uchtadan gol va assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!