Ryudiger "Real"ni tark etmoqchi emas
"Real Madrid"ning markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger jamoadan ketishni istamayapti. 32 yoshli futbolchining shartnomasi kelasi yili yakunlanadi.
Xabarlarga ko‘ra, bosh murabbiy Xabi Alonso nemis himoyachisiga ishonch bildirmayotgani sababli klub yangi shartnoma taklif qilmasligi mumkin.
Shunga qaramasdan, jurnalist Xorxe Pikonning ma’lumotiga ko‘ra, Ryudigerning o‘zi "qirollik klubi"da qolishni afzal ko‘rmoqda. Agar klub unga hamkorlikni davom ettirishni taklif etsa, Antonio rozilik bildirishi kutilmoqda.
Ryudigerga Saudiya Arabistoni chempionati jamoalari ancha vaqtdan buyon qiziqish bildirib kelmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, germaniyalik himoyachi madridliklar safini 2022 yil yozidan beri himoya qilib kelmoqda.



Fikrlar