Sabina Sharipova raqibini ayab o‘tirmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Tailandning Nontaburi shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirda yarim finalga chiqdi.
 
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning chorak final bosqichida S.Sharipova yaponiyalik Mitika Odzekiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
 
Uchrashuv boshidan o‘yin tizginini qo‘lga kiritgan Sabina, yakunda raqibini 6:2, 6:0 hisobida dog‘da qoldirdi va final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Musa Abdurasulov
02/08/2019 12:14
OMAD YOR BOLSIN