Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Samandar Abdumalikov final sari olg‘a bormoqda

Zohir2018
Izohlar: 0

O‘smirlarimizdan umidimiz katta

Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tayotgan o‘smirlar musobaqasida hamyurtimiz Samandar Abdumalikov chorak finalga chiqdi.

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur turnirning ikkinchi davrasida Samandar rossiyalik Bogdan Seleznevni 7:5, 6:3 hisobida taslim qildi.

Endi musobaqaning yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda tennischimiz yana bir rus tennischisi Daniil Romanovga qarshi kortga chiqadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q