
Sambo: Bahodir Boqiev jahon chempioni!
Serbiyaning Novi-Sad shahri sambo va jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, ushbu chempionatda hamyurtlarimiz ham munosib ishtirok etdi. Jumladan, jangovar sambo bo‘yicha 62 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Boqiev barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
U finalda rossiyalik Alesandr Salixovga qarshi bahs olib borib, unga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Biz ushbu sportchimizning chempionatga oid taassurotlari bilan qiziqdik.
"Albatta, jahon chempioni bo‘lganimdan va yurtimiz sha’nini munosib himoya qila olganimdan xursandman. Jahon chempionatida oson raqib bo‘lmaydi. Barchasi yuqori saviyadagi sportchilar edi. Shukrki, yuzim yorug‘ bo‘lib, ko‘zlagan maqsadimga eta oldim. Qilgan mehnatimiz o‘z samarasini berdi. Bu borada bizga sharoitlar yaratib bergan O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi rahbariyatiga, murabbiylarimizga o‘z minnatdorligimni bildirib qolaman. O‘ylaymanki, bundan keyingi musobaqalarda ham munosib ishtirok etishga harakat qilaman", - dedi Boqiev.
Fikrlar