Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Sancho nega "Krasnodar"ga o'tmadi?

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Qizil-qoralar» Jeydon Sanchoni ro‘yxatga olishdan bosh tortdi, futbolchi esa Germaniya, Frantsiya yoki Ispaniya klubiga o‘tishi kutilmoqda

Ingliz vingeri Jeydon Sancho hali ham yangi jamoa izlamoqda. TEAMtalk nashrining yozishicha, futbolchiga Germaniya, Frantsiya va Ispaniya klublari jiddiy qiziqish bildiramoqda.

Manbaga ko‘ra, Sancho qishki transfer oynasida shu uch davlatdan biri chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda. U Rossiya yoki Saudiya Arabistoni chempionatlariga o‘tish variantlarini ko‘rib chiqmayapti.

Avvalroq Sanchoning agentlari uning nomzodini «Krasnodar» klubiga ham taklif etgani ma’lum bo‘lgan. Biroq «qizil-qoralar» ingliz futbolchisini ro‘yxatga olishdan bosh tortgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q