Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Sandyerlend"ga yangi hujumchi keldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U ko‘p gol ura oladi

«Independente del Valle» klubi hujumchisi Xuan Angulo Angliyaning yuqori divizioniga yo‘l oldi. 18 yoshli ekvadorlik forvard endilikda «Sanderlend» sharafini himoya qiladi. 

Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tomonlar uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolagan, ammo kelishuvning moliyaviy va boshqa tafsilotlari oshkor etilmagan. 

Shu bilan birga, Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 5,85 million yevroni tashkil etgan. «Qora mushuklar» Angulo bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzgan.

Joriy mavsum Ekvador chempionati doirasida Xuan Angulo 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, olti bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.

Angliya premyer-ligasida ikki tur yakuniga ko‘ra «Sanderlend» uch ochko jamg‘arib, turnir jadvalidan 11-pog‘onadan joy olgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q