Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Sardorga top-klubdan ish chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr futbolchi eʼtiborsiz qolmaydi

Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” klubi Madridning “Real” jamoasini tark etgan oʻng qanot himoyachisi Daniel Karvaxalni oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda.

34 yoshli futbolchi “Qirollik klubi” bilan xayrlashdi, uning shartnomasi yakuniga yetdi va madridliklar oʻz sardoriga yangi bitim taklif qilmadi.

Onda Cero nashri maʼlumotlariga koʻra, milanliklar tajribali yulduz futbolchini erkin agent sifatida imzolash imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Ispaniyalik futbolchining oʻzi Evropada qolishni istamoqda, shuning uchun Milan shahrining grand klubiga koʻchib oʻtish varianti unga mos kelishi mumkin.

Daniel Karvaxal “Qirollik klubi” safida jami 451 ta oʻyin oʻtkazgan, shulardan 23 tasi oʻtgan mavsum hissasiga toʻgʻri keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q