Senga top-klubdan ish topib beraman!

  • 12.04.2026 17:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”ga katta umidlar bilan olib kelingan urugvaylik futbolchi Manuel Ugarte Angliya Premier-ligasiga kutilgan darajada boshlasha olmadi va yozgi transferlar oynasi davrida boshqa chempionatga o‘tishi kutilyapti.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining keyingi manzili Italiya chempionati bo‘lishi mumkin.

“Manchester Yunayted” hujumkor futbolchisi asosiy tarkibda kam o‘ynayotgani sababli klubni almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, mashhur futbol agenti Jorje Mendes futbolchini A Seriyaning badavlat klublaridan “Yuventus”, “Milan” va “Napoli”ga taklif qilgan.

Qayd etilishicha, turinliklar skautlari 25 yoshli futbolchini yaqinda terma jamoa o‘yinlaridan birida kuzatgan.

Neapolliklarning ustunligi esa “Manchester Yunayted” rahbariyati bilan yaxshi munosabatda ekanidir.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Manuel Ugarte 30 million yevro qiymatga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!