Sening bu jamoada kelajaging yo‘q!

  • 29.09.2026 09:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nyukasl” kelasi yozda germaniyalik hujumchisi Nik Voltemadeni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan yozda “Nyukasl” Voltemadeni 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha “Yuventus”ga ijaraga berdi. Bu holat Nik “Shtutgart”dan 69 million funt evaziga “qarğalar” safiga o‘tganidan bir yil o‘tib sodir bo‘ldi.

Givemesport ma’lumotiga ko‘ra, yangi bosh murabbiy Mattias Yayssle qo‘l ostida Voltemadening “Nyukasl”da kelajagi yo‘q. Agar murabbiyning o‘zi kelasi yozgacha lavozimidan ketmasa, Nik yangi klub izlashiga to‘g‘ri keladi.

“Nyukasl” mavsum davomida Voltemadening eng yaxshi formasiga qaytishiga umid qilmoqda. Bu 24 yoshli nemis hujumchisini “Yuventus”, “Bavariya” yoki boshqa klubga sotishda jamoaga qo‘l kelishi mumkin.

Voltemade bir yil avval “Nyukasl”da faoliyatini yaxshi boshlagan bo‘lsa-da, uning o‘yin uslubi Angliya chempionatiga moslashishda muammolarga duch kelishini ko‘rsatgan. Hujumchi bo‘yi baland bo‘lishiga qaramay, jismoniy jihatdan kuchlimas va yuqori tezlikka ham ega emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!