Sergeev "Persepolis"da nechanchi raqamda o'ynaydi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Igor Sergeev Eronning "Persepolis" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Sergeev bugun tunda jamoa yig‘iniga qo‘shilish uchun Qatar tomon yo‘l oladi. U soat 22:45'dagi reys bilan Dohaga uchib ketadi va ertaga tongda jamoa a’zolariga rasm tanishtiriladi.
Hujumchi texronliklar safida 19-raqam ostida to‘p suradi. Avvalroq ushbu raqam Vahid Amiriga tegishli bo‘lgan. Shuningdek, Muhammad Maylikahon va Mehdi Mahdavikiya ham ilgari aynan shu raqamda o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoa tarkibida yana bir vatandoshimiz Oston Urunov ham harakat qiladi.
Fikrlar