Serxio Ramos endi kontsert bermoqchi
Serxio Ramos "Real"ning uy stadionida kontsert bermoqchi.
Avvalroq, madridliklarning sobiq himoyachisi "Cibeles" trekini chiqargandi. Qo‘shiq matnida Ramos klubga bo‘lgan muhabbatini ta’kidlab, Chempionlar ligasining 2013/14 mavsumidagi final bahsida 90+4-daqiqada urgan golini eslatib o‘tgandi. Ispaniyalik qo‘shiq matnida karerasining yakunida klub uni qo‘llab-quvvatlamaganini tanqid qilgandi.
"Umid qilamanki, kelajakda "Santyago Bernabeu"da kontsert berish imkoniyatiga ega bo‘lsam, ajoyib bo‘lardi".
Biroq biz bosqichma-bosqich harakat qilishimiz kerak", - dedi ayni vaqtda "Monterrey"da to‘p tepayotgan Ramos.
Fikrlar