Serxio Ramos Messining yurtiga borishdan bosh tortdi

  • 21 dekabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yoz “Sevilya” bilan shartnomasi tugaganidan beri o‘ziga yangi jamoa qidirayotgan Serxio Ramosga yaxshi variant chiqqan edi.

Tecno

Argentinaning eng mashhur klublaridan “Boka Xuniors” 38 yoshli futbolchini o‘z safiga chorlagan edi. Bu jamoani hozir bir paytlar “Real”da Serxio Ramos bilan birga o‘ynagan Fernando Gago boshqarmoqda.

Lionel Messining hamyurtlari Serxio Ramosga yanvardan kuchga kiradigan shartnoma taklif qildi. “Boka Xuniors” tajribali himoyachi yordamida xalqaro maydonda nufuzli sovrinlar uchun kurashishni maqsad qilgan.

Lekin Serxio Ramos kutilmaganda Buenos-Ayresga borishdan bosh tortdi. Shu tariqa, “Boka Xuniors” o‘z safiga jahon chempionini qo‘shib olish imkoniyatidan ayrildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!