Setora Normurodova navbatdagi sovrinini qo‘lga kiritdi
Zohir2018
U yana g‘olib bo‘ldi
Tojkistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada hamyurtimiz Setora Normurodova bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Setora musobaqaning final uchrashuvida rossiyalik Kseniya Agureevani birinchi setda 6:3 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi setda tay-brekda zafar quchdi.
Shu tariq umidli tennischimiz Dushanbe shahrida o‘tgan ikkinchi musobaqada ham bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.


Izohlar (0)