Shaxmatchilarimiz xalqaro turnir g‘olibi
Zohir2018
O‘zbek shaxmatchilariga teng keladigani topilmadi
Turkiyaning Mersin shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimiz sharafini Nodirbek Abdusattarov, Nodirbek Yoqubboev, Alixan Guseynov, Halim Turaev hamda qizlardan Sevara Baymuratova munosib himoya qildi.
Dunyoning 15 davlatidan kelgan 100ga yaqin shaxmatchi 9 tur davomida shveytsarcha tizimda o‘zaro raqobatlashdi.
Unda xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Sevara Baymuratova 5,5 ochko bilan qizlar o‘rtasida g‘olib deb topildi.
Izohlar (0)