
Sher Mamazulunov endi professional boksda!
O‘zbekistonlik professional kikboksing ustasi Sher Mamazulunov endi o‘z omadini professional boksda sinab ko‘radi.
U Rossiyaning Hardkore FC promoushenining professional boks yo‘nalishida 6 ta jangga shartnoma imzoladi.
Mazkur promoushenda professional boks yo‘nalishi yangi ochildi va ilk turnirida hamyurtimiz ham ringga ko‘tariladi.
Ma’lumki, Hardkore FC o‘ziga xos qo‘lqopsiz janglarni o‘tkazib keladi va bu to‘qnashuvlar rus zaminida anchagina mashhurlikka erishgan.
Ma’lumot uchun, Sher Mamazulunov Rossiyada ko‘plab turnirlarda muvaffaqiyatga erishgan. Shuningdek, Fair Fight turniri chempionligini ham qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar