
Shomurodov Azmun bilan bir jamoada o‘ynaydimi?
Xorij ommaviy axborot vositalarida “Roma” tarkibni kuchaytirish maqsadida “Zenit” hujumchisi Sardor Azmunni transfer qilishi haqida xabarlar tarqatilayotgan edi.
Bunga rimlik skautlarning Chempionlar ligasi doirasida “Zenit”ning Turinda “Yuventus”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvini bevosita arenadan kuzatgani ham sabab bo‘ldi.
“Roma” sport direktori Tyago Pintu bu masalaga oydinlik kiritdi.
- Skautlarimiz Evropa Chempionlar ligasi uchrashuvlarini muntazam tribunadan kuzatib boradi. Bu iz uchun tabiiy hol, albatta. Lekin “Roma”ning Azmunga qiziqayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on, - dedi Tyago Pintu.
Sardor Azmun joriy mavsumda Rossiya premer-ligasida o‘n bir marotaba maydonga tushib, ettita gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Eron milliy terma jamoasi etakchi hujumchisini sobiq “paxtakorchi” Marat Kabaev kashf qilgan va uni Rossiya chempionati vakili “Rubin”ga o‘tishida asosiy vazifani bajargan edi.
Bir necha mavsumdan beri Sardor Azmunga Evropaning turli klublari qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, ish aniq takliflar va transfergacha etib bormayapti?
Fikrlar