Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Shomurodov muxlislariga xushxabar!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Eldor qanday gol urishni biladi

Turkiya chempionatining 12-turi to‘purar poygasidagi jiddiy o‘zgarishlar bilan e’tiborni tortdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘tgan mavsum eng ko‘p to‘p kiritib olgan “Oltin butsa” sovrinini Afrika va Yevropa forvardlaridan himoya qilishga urinmoqda.

Eldor Shomurodov “Bashakshehir”ning “Chorum” jamoasi bilan o‘tgan uchrashuvida supergol urdi. O‘zbek legioneri goligacha istanbulliklar 0:2 hisobida ortda qolayotgan edi.

Shomurodov kutilmaganda uzoq masofadan aniq va kuchli zarba yo‘llab, raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasining kambekiga zamin yaratdi. Oxir-oqibat Bertug‘ Yildirim uchta to‘p kiritib, jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

O‘zbek forvardining supergoli 12-turning eng chiroyli golini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomaga qo‘yildi. Muxlislar ishtirokidagi so‘rovnomada Shomurodovning goli eng ko‘p ozov to‘rladi va birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Kuchli uchlikdan “Fenerbahche” legioneri Milan Shkrinyar va “Konyaspor” futbolchisi Jan-Lyuk Dompe tomonidan urilgan gollar o‘rin oldi.

Hozircha, Turkiya Superligasi to‘purarlari bahsida raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilgan “Beshiktosh” hujumchisi Dushan Vlahovich peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Gift Orban hisobida o‘nta to‘p bor.

“Bashakshehir”dan Eldor Shomurodov, “Galatasaroy”dan Viktor Osimxen, “Trabzonspor”dan Muhammad Saloh va “Qosimposho”dan Adrian Benedichak o‘z hisobiga to‘qqizta­dan gol yozdirib, uchinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Eldor Shomurodov Turkiya chempionatiga yangi kelganiga qaramay, 34 ta o‘yinda 22 ta gol urib, to‘purarlar poygasida g‘olib chiqqan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q