Shomurodov: "Roma"da siz kuchli futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazasiz, lekin..."

  • 13 iyun, 2023, 20:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spetsiya" - "Verona" uchrashuvidan so‘ng Eldor Shomurodov bugun terma jamoamiz yig‘iniga kelib qo‘shildi. U mashg‘ulot jarayonida jurnalistlarning ayrim savollariga javob berib o‘tdi. 

Tecno

"Taassurotlar juda yaxshi. Turnirni terma jamoamiz yaxshi boshlab oldi. Endi keyingi uchrashuvlarga tayyorgarliklarni boshlaymiz".

"Hozir faqat bitta narsani aytishim mumkin, klub bilan shartnomam bor. Hamma ta’tilga chiqdi. Iyul boshida "Roma"ga qaytaman".

27 yoshli hujumchiga "Roma"dagi va "Spetsiya"dagi faoliyati haqida berilgan savolga quyidagicha javob berdi:

"Ikkalasining ham o‘z o‘rni bor. "Roma"da siz dunyoga mashhur va kuchli futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazasiz. Buning o‘zi bir katta tajriba. Ammo o‘yinchiga albatta o‘yin amaliyoti kerak. Shu sababli, "Spetsiya"da etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim, deb o‘ylayman". 

"Ummonga qarshi bahsda yigitlar juda ajoyib harakatlandi. Bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Buyog‘iga ham muxlislar oldida shunday o‘yinlar  ko‘rsatish bizning eng katta maqsadimiz".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi “CAFA NATIONS CUP” musobaqasining ikkinchi turida Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!