Shomurodov “Rostov”dagi mavqeini boy berdi

  • 04.08.2020 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol

O‘zbek hujumisi Eldor Shomurodov yaqingacha “Rostov”ning eng qimmatbaho futbolchisi edi. Endi hamyurtimiz bu mavqeini norvegiyalik legioner Matias Normannga boy berdi.

Transfermarkt portali Rossiya premer-ligasining yangi mavsumi oldidan jamoalar futbolchilarining transfer summalarini yangiladi. Umuman olganda, ko‘pchilik o‘yinchilarning narxi oshgan. Shu kungacha 37,7 million evroga baholangan “Rostov” tarkibining yangi narxi 53,9 million evroni tashkil qilmoqda.

O‘z o‘rnida, Eldor Shomurodovning ham transfer summasi 1,3 millionga ko‘tarilib, olti yarim million evroga etdi. Biroq, uning jamoadoshi Matias Normanning transferi 2,7 million evroga oshdi va endi bu yarim himoyachi Eldordan roppa-rosa 1 million evroga qimmat turadi.

Aynan Eldor Shomurodov va Matias Normann Rostovdagi Rossiya va xorij klublarining e’tiborida turgan va joriy transferlar mavsumida eng xaridorgir futbolchilar hisoblanadi.

306c52e5f9a1cc0ba02a5a7faea3a7a9007ee25d_727

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
NBek9502
04/08/2020 11:36
Bilar edim shunday bo‘lishini chunki bu o‘zbek futbolchilariga tekgan kasaligu sal maqtalsa shamga o‘xshqb yonadiyu erib bitadi shomurodovni oxirgi o‘yinlardagi o‘yini baxosi 3 oldin yaxshi o‘ynar edi
Elyor Baratov
04/08/2020 13:03
Eldoram yaqin orada Coca-cola super ligamizga qaytib qolsak kerak!
Eldor, Sardor , Oston , Jasur shu tor'rtalasi atrofidagi mish-mishlar jonga tegib ketdi!
Porlash uchun tinimsiz ustida ishlash kerak bo'lsa yolg'iz shug'ullanish zarur!
&
Рузиметов
04/08/2020 14:27
sports.uzни сарлавхаси ёзадиган маколаси шунака жонга тегди, хар кун элдор,остон шурлардан бошка нарса йук эканми ёзишга
&
Diyorbek Abdumannopov
04/08/2020 18:41
yoqmayotgan bolsa sports.uz ga azo bolmang ochirib tashlang shunda jonga tegmidi