
Shomurodovga o‘rin yo‘q!
Eldor Shomurodov keyingi paytda “Roma” asosiy tarkibiga kira olmayapti. Hatto o‘zi gol urgan uchrashuvdan keyin ham Joze Mourino uni o‘yinga umuman tushirmagan yoki boshlang‘ich tarkibga kiritmagan bellashuvlar bo‘layotganini ko‘rdik.
Xususan, legionerimiz A Seriyaning o‘tgan turida o‘zining sobiq jamoasi “Jenoa” bilan bo‘lgan to‘qnashuvda ham maydonga tushirilgani yo‘q.
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan eng nufuzli sport nashrlari Italiya kubogi doirasida “Inter”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan rimliklarning taxminiy tarkibini tuzib chiqdi. Hayron qoladigan jihati shundaki, ettita nashrdan birortasi Eldor Shomurodovni tarkibga kiritgani yo‘q.
Demak, nashrlar taxmin qilayotgan taktik sxema va tarkiblar bilan tanishamiz:
LEGGO (3-5-2): Ruy Patrisio; Manchini, Smolling, Ibanes; Karsdorp, Pellegrini, Oliveyra, Mxitaryan, Vinya; Dzanolo, Abraxam.
GAZZETTA DELLO SPORT, IL TEMPO, CORRIERE DELLA SERA (3-4-1-2): Ruy Patrisio; Manchini, Smolling, Ibanes; Karsdorp, Veretu, Oliveyra, Vinya; Mxitaryan; Dzanolo, Abraxam.
IL ROMANISTA, IL MESSAGGERO (3-5-2): Ruy Patrisio; Manchini, Smolling, Ibanes; Karsdorp, Oliveyra, Veretu, Vinya, Mxitaryan; Dzanolo, Abraxam.
CORRIERE DELLO SPORT (3-4-2-1): Ruy Patrisio; Manchini, Smolling, Ibanes; Karsdorp, Oliveyra, Veretu, Vinya; Mxitaryan, Dzanolo; Abraxam.
“Inter” maydonida bo‘ladigan uchrashuv bugun yarim tunda Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
O‘zbekistonlik futbol muxlislari esa, Eldor Shomurodovni maydonda ko‘rishdan umidini uzmaydi va hamyurtimizga "Roma"dagi faoliyatida omad tilaydi!
Mourino “Inter”ga syurpriz tayyorlayapti
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Inter”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda o‘ziga xos o‘zgarish qilmoqchi.
Italiya matbuotining yozishicha, portugaliyalik mutaxassis jarohatidan qutilgan Lrentso Pellegrinidan asosiy qurol sifatida foydalanishni maqsad qilgan. Jurnalistlarning aniqlashicha, 25 yoshli universal yarim himoyachi maydonda Genrix Mxitaryan o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Shuningdek, chap qanotda bu gal Matias Vina o‘ynasa, tayanch zonada Jordan Veretu va Serjiu Oliveyra raqib hujumlarini qaytarib, o‘zlari hujum boshlashga mas’ul bo‘ladi.
Pellegrini joriy mavsumda barcha turnirlarda 20 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘qqizta gol urdi va beshta golli pas uzatdi.
Mourino “Roma”da ham muvaffaqiyat qozonadi
“Inter”ning sobiq bosh murabbiyi Massimo Moratti Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida “Roma”ni boshqarayotgan hamkasbi Joze Mourino haqida ham fikr bildirdi.
- Mourino “Inter”dan ketishi kerak bo‘lgan paytda ketgan. Shunday bo‘lib qolgan. Joze “Real”ga o‘tishni istagan. O‘shanda u ko‘rsatilayotgan natijadan qoniqqan va yangi chorlovga tayyor edi, klub uning yo‘lini to‘sishni istamadi, bundan ajoyib yakun bo‘lmasdi.
Hozir Mourino “Roma”da Jamoa yaxshi tomongan o‘zgardi va chempionatning ikkinchi yarmini yanada muvaffaqiyatli o‘tkazishi kutilyapti. Mourinoning avvalgi faoliyati u “Roma”da ham biror sovrin yutishidan dalolat bermoqda, - dedi Massimo Moratti.
Biz masxaraboz emasmiz!
“Roma”ning ashaddiy muxlislaridan bir guruhi hakamlarning adolatsizliginidan shikoyat qilib, Italiya futbol federatsiya qarorgohi oldida norozilik namoyishi uyushtirdi.
Fooball Italia nashrining xabar berishicha, rimlik fanatlar “Jenoa”ga qarshi uchrashuvning oxirgi daqiqalarida Nikolo Dzanolo tomonidan kiritilgan gol bekor qilingani va futbolchining o‘ziga norozilik bildirgani uchun qiziq kartochka ko‘rsatgani sababli junbushga kelgan.
Muxlislar federatsiya qarshisida to‘planib, noroziliklari aks etgan banner ko‘targan. Unda “Qoidalar hammaga bir xil, lekin ularni qo‘llashda hamma ham teng emas. Bizdan masxaraboz yasamanglar!”, deb xitob qilingan.
Fikrlar
Чемпионатда Интерга карши туширганда элдорни ютказганди
Моур Ирим килибам туширмиди