Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Shomurodovning transferini tasdiqlagan rahbar ishdan olindi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U klubni tark etdi

“Jenoa” sayti klubi sport direktori Daniele Fadjianoning lavozimidan olinganini rasman e’lon qildi.

Yozgi transferlar oxirida “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tayotgani haqida turli mazmundagi xabarlar tarqatilgan bir pallada aynan  Daniele Fadjiano klubning o‘zbek hujumchisini olayotganini rasman tasdiqlab, masalaga oydinlik kiritgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu mutaxassis sport direktori lavozimida uch oy ishladi. Uning ishdan olinishiga klub prezidenti Enriko Pretsioze bilan kelisha olmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Daniele Fadjiano Genuyaga kelgunga qadar uzoq yillar davomida “Parma”klubi boshqaruv tizimida mehnat qilgan.

Futbolni tushunmaganlar Shomurodov haqidagi gapirmasin!

"Shomurodov Rossiyaga qaytib ketadi!"

“Jenoa”: Shomurodov uchdi!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q