Shpagachilarimiz jahon kubogida

19-25 mart kunlari Xitoyning Chendu shahrida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Ayni ushbu qurolda erkaklar o‘rtasidagi musobaqaga esa Argentinaning Buenos-Ayres shahri mezbonlik qiladi.

Shaxsiy va jamoaviy yo‘nalishda o‘tkaziladigan bahslarda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etadilar. Vakillarimiz ayni paytda Moskva viloyatida xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotida jahon kubogiga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda. Terma jamoamizning ushbu musobaqalarda qatnashadigan tarkibi quyidagicha:

Fayzulla Alimov
Javoxir Nurmatov
Roman Aleksandrov
Matvey Kremnev
Abdulvosid Nasirdinov
Malika Hakimova
Veronika Rojkova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!