Shu o‘yinchini 100 million evroga olamiz

  • 22.12.2025 07:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Yuventus” yarim himoyachisi Kenan Yildizni qo‘lga kiritish uchun raqobatchilarini ortda qoldirishni rejalashtirmoqda.

Manchesterliklar raqobatda yutib chiqish uchun turkiyalik futbolchi transferiga 100 million evro miqdorida sarmoya kiritmoqchi.

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

20 yoshli Yildiz “Yuventus” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamagani sababli Angliya Premer-ligasi klublari uchun jozibali nishonga aylangan. Tomonlar bir necha bor muzokaralar o‘tkazgan, ammo kelishuvga erisha olmagan.

“Manchester Yunayted” raqiblarini dog‘da qoldirish va Yildizni sotib olish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida “astronomik” taklif tayyorlamoqda. Klubdagilar bu summa “Yuventus”ni o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi mumkin, deb hisoblashmoqda.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” futbolchi kutgan moliyaviy paketni ham taklif qila oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!