Simona Xalep raqibini ayamadi
Zohir2018
Rumin tennischisi chempionligini munosib himoya qilmoqda
Ruminiyalik Simona Xalep Frantsiya ochiq chempionatining uchinchi davrasida ukrainalik Lesi Tsurenkoga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Parij shahrida o‘tgan mazkur uchrashuvda Simona raqibini 6:2, 6:1 hisoblarida mag‘lub etdi va to‘rtinchi bosqichga yo‘l oldi.
Endi turniring chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Xalep polshalik Ina Shvyontekka qarshi kortga chiqdi.


Izohlar (0)