Sindarov ilk bor jahon reytingida kuli uchlikka kirdi

  • 15.10.2026 21:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov klassik shaxmat bo‘yicha FIDEning live-reyting jadvalidа uchinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

AQSh chempionatida Fabiano Karuana Endi Vudvordga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, 20 yoshli Sindarovning reytingi 2782 ballga yetdi. Shu tariqa u ilk bor o‘z faoliyatida dunyodagi eng kuchli uch shaxmatchi qatoridan joy oldi. 

Hozirgi vaqtda undan yuqori o‘rinlarda faqat Norvegiya vakili Magnus Karlsen (2823) hamda AQSh shaxmatchisi Hikaru Nakamura (2792) joylashgan.

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana bir yirik mahorat sohibi Nodirbek Abdusattorov esa 2780 ball natija bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Shu bilan, dunyo reytingining birinchi beshtaligida bir vaqtning o‘zida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchining borligi qayd etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilda Samarqandda o‘tkazilgan 46-Jahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi. 20 yoshli Javohir Sindarov ushbu muvaffaqiyatda hal qiluvchi o‘rin tutdi va uning o‘yini jamoaning umumiy g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. 

Shu sababli, Olimpiadaning yopilish marosimida u rasmаn musobaqaning eng yaxshi shaxmatchisi sifatida e’tirof etildi va erkaklar o‘rtasida FIDEning bosh sovriniga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!