
"Siti" "Barsa" sobiq futbolchisi uchun katta pul sarflamoqchi emas
"Manchester Siti" "Brayton" himoyachisi Mark Kukurelya uchun "Brayton"ga katta pul sarflamoqchi emas.
"ESPN" nashri bergan xabarga ko‘ra, "chayqalar" o‘z futbolchisi uchun 50 million evro olishni istamoqda, ammo Angliya chempionlari u uchun 30 million evro sarflash niyatida.
"Shaharliklar" bu summaga futbolchini qo‘lga kirita olmasa, transferdan voz kechadi. Shunday bo‘lgan taqdirda, Gvardiola chap qanot himoyasida Emerik Lyaport yoki Natan Akeni o‘ynatishiga to‘g‘ri keladi.
Kukurelya o‘tgan mavsum APL doirasida 35 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Mark 14 yoshida "Barsa" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "ko‘k-anorranglilar" safida birorta ham rasmiy o‘yinda ham maydonga tushmagan.
Fikrlar