“Siti” yozning ilk transferini hal qildi
Quyi ligadan oʻyinchi keladi
“Manchester Siti” yozda birinchi boʻlib transfer qiladigan futbolchi nomi maʼlum boʻldi. Manchesterliklar Fransiyaning “Trua” jamoasi bilan hujumchi Matis Deturbe transferi boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu xarid uchun “shaharliklar” 15 million yevro sarflashga rozilik berdi.
Sport direktori Ugo Viana jamoa tarkibini yangilashda davom etmoqda va asosiy eʼtiborni istiqbolli yosh futbolchilarni jalb qilishga qaratmoqda.
Joriy mavsumda 18 yoshli hujumchi Liga 2 oʻyinlarida sakkizta samarali harakatni amalga oshirdi.
Ugo Viana 2025 yil iyul oyida Chiki Begiristayn oʻrniga sport direktori etib tayinlangandan beri jamoani jiddiy va puxta tarzda qayta qurish ishlarini olib bormoqda.
Uning dastlabki faoliyati tarkibni yangilashga qaratilgan yirik transferlar bilan boshlangan. Jumladan, Janluiji Donnarumma transferi amalga oshirildi, shuningdek 2026 yil yanvar oyida Mark Gexi va Antuan Semenyo xarid qilindi.
Bundan tashqari, tarkibni qayta koʻrib chiqish natijasida Bernardu Silva va Jon Stounzning yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu esa yosh futbolchilar uchun joy boʻshatishga qaratilgan.
Kelgusi yozda yana bir nechta yirik transferlar boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Ular orasida oʻng qanot himoyachisi va yarim himoya chizigʻida yangilik boʻlishi ehtimoli katta. Bu jarayonda Elliot Anderson nomi ham tilga olinmoqda.
Shu bilan birga, yosh isteʼdodlar klub uchun ustuvor yoʻnalish boʻlib qolmoqda.
Izohlar (0)