Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Siti”da Yamal darajasidagi yulduz bor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U katta iste’dod sohibi

Frantsiya terma jamoasi va “Manchester Siti”ning sobiq yulduzi Samir Nasri “shaharliklar”ning yangi o‘yinchisi Rayan Sherki mahoratidan hayratda ekanini ta’kidladi.

22 yoshli frantsiyalik yarim himoyachi manchesterliklar safidagi debyut uchrashuvida 73-daqiqada Erling Xolandni almashtirdi va qisqa vaqt ichida “Vulverxemton” darvozasini ishg‘ol qildi.

-  Sherki – talant, uni Lamin Yamalga taqqoslash mumkin. Rayanning driblingi hayratlanarli darajada zo‘r. Endi u barqarorlikka erishishni o‘rganishi kerak, shunda eng buyuk futbolchilar qatoriga qo‘shsak bo‘ladi, - dedi Samir Nasri.

Samir Nasri futbolchilik faoliyati davomida “Marsel”, “Arsenal London”, “Manchester Siti”, “Vest Xem Yunayted”, “Sevilya”, “Antalyaspor” va “Anderlext” jamoalarida o‘ynagan.

Rayan Sherki ham Frantsiya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Lion” klubi tizimida tarbiyalanib, besh yil davomida asosiy jamoa sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q