«Sporting» «Chelsi» yarimhimoyachisini ijaraga oldi
«Chelsi» yarim himoyachisi Jessi Derri 2026/27 yilgi mavsum yakunigacha Portugaliyaning «Sporting» klubiga ijaraga o‘tdi.
«Chelsi» matbuot xizmati yarim himoyachi Jessi Derri Portugaliyaning «Sporting» klubiga ijaraga yoʻllanganini maʼlum qildi. Bu haqida londonliklar rasmiy sayti orqali xabar berilgan.
Ijara shartnomasi 2026/27 yildgi mavsum yakunigacha moʻljallangan. Shuningdek, Derri yaqinda «Chelsi» bilan 2032 yil yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolagan edi.
Jessi Derri joriy yil fevral oyida Angliya kubogi doirasida «Hall Siti»ga qarshi oʻyinda «Chelsi» tarkibida debut qilgan. U ilk bor 4 may kuni «Nottingem»ga qarshi premer-liga uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Avvalroq futbolchiga «Bavariya» va «Yuventus» klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar (0)