Stounz yangi jamoasida qancha maosh oladi?

  • 28.07.2026 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» tarkibini tark etgach, erkin agent maqomiga ega bo‘lgan ingliz himoyachisi Jon Stouns endi «Inter» klubiga o‘tishi arafasida turibdi. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Jurnalist ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tajribali himoyachining «neradzurri» safidagi yillik maoshi taxminan to‘rt million yevroni tashkil etadi. 

Yaqin kunlar ichida Stounz Milanda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va transferni rasmiylashtirishi kutilmoqda.

32 yoshli futbolchi 2016 yildan 2026 yilgacha «Manchester Siti» sharafini himoya qildi. O‘tgan mavsum Angliya premier-ligasida u jami to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi va gol hamda samarali uzatmalar bilan ajralib turmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!